Maftunkor ranglar jilosi

Date:

Ranglar jilosi har bir insonni o‘ziga ohanrabodek tortadi. Albatta, chizgilarga, ranglarning bir butunlik kasb etganiga mahliyo bo‘lasiz. San’atga oshno qalblar esa ilhomlanishi, bundan-da ortig‘iga qodir ekaniga tutinib ketishi ham bor gap. Iqtidor haqida gap ketganda inson nimalarga qodir ekanini ijodi misolida namoyon etadi.
San’at yo‘lanishidagi iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadida Sho‘rchi tumanida imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida “Maftunkor ranglar jilosi” mavzusida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Iqtidorli yoshlar rasm solish bilan birga, shaxmat va shashkada ham mahoratlarini namoyish etdilar.
— Tashkil etilgan tanlovning shaxmat yo‘nalishida ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladim, — deydi O.Mamarasulov. — Tengdoshlarim ham menga yaxshigina raqib bo‘lishdi. Mana shunday tadbirlar ko‘proq tashkil etilsa, biz yoshlar o‘z iqtidorlarimizni namoyon etamiz.
Albatta, tashkil etiladigan ko‘rik-tanlovlar o‘quvchi-yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Yakunda g‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun