Harbiy xizmatchilar spektaklda

Date:

Insonning bo‘sh vaqti foydali maqsadlarga sarflanar, ma’naviyatini oshirishga xizmat qilar ekan, bu harakatlar insonni kamolotga yetaklashi tayin. Shu ma’noda teatrni ham adabiyot kabi jamiyat hayotining ko‘zgusi deyishadi. Unda jamiyat hayotidagi tarixiy va bugungi kundagi voqealar yaqqol aks etadi. Qahramonlarning his-tuyg‘ulari, sarguzasht-u sinovlari bilan yuzlashib, dardi-yu quvonchiga sherik bo‘linadi.


Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkaziladi. Jumladan, Kakaydi garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun Jarqo‘rg‘on tumani madaniyat markazi bilan hamkorlikda «Oqibat» nomli sahnalashtirilgan spektakl namoyish etildi.
O‘zbek milliy urf-odatlarini o‘zida aks ettirgan spektakl tomoshabinlarga ma’naviy ozuqa bo‘lib, kerakli xulosani chiqarishlariga xizmat qilgan bo‘lsa, ajab emas. Tadbir so‘nggida kontsert dasturi namoyish etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun