“NewART”: hayrat-u havasni oshirdi

Date:

Bejizga talabalik oltin davr deya e’tirof etilmaydi. Sababi, bu davrda yoshlar nafaqat qizg‘in o‘qish-o‘rganishda bo‘ladi, balki vaqtini mazmunli o‘tkazuvchi tadbir-u tanlovlarda, festival va kechalarda ishtirok etadi, u yoki bu sohaga mehri tushadi, san’atga, ijodga qiziqishi ortadi. Ertangi kuniga zamin hozirlovchi qarorlar qabul qilib, muhim qadamlarni tashlaydi.
Shu ma’noda, Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ham talaba-yoshlar vaqtini mazmunli tashkil etish choralari manzilli rejalashtirilgan. Muhimi, har bir tadbir va loyihalar yoshlarni e’tiborsiz qoldirayotgani yo‘q. “Tasviriy va amaliy san’at” to‘garagi a’zolari tomonidan tashkil etilgan “New art” nomli ko‘rgazma ham ayni maqsadga xizmat qildi.
Unda asosan talaba-yoshlar tomonidan ishlangan amaliy san’at namunalari namoyish etildi. Ko‘rgazmada xususan, ikkilamchi mahsulot — somon aplikatsiyasidan yaratilgan miniatyura, portretlar hamda “Resin art” yo‘nalishida maxsus smola quymasidan yasalgan soatlar, devorga osiladigan manzarali amaliy san’at namunalari ishtirokchilarning e’tiborini tortdi. Ayniqsa, shaxmat-shashka doskasi va donalari ko‘pchilikning hayratini oshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun