Eksternat tartibidagi imtihonlar boshlandi

Date:

Hayotdagi turli muammolar sabab hamma ham o‘rta maxsus ta’limni tamomlab, shaxodatnoma ololmaydi. Vaqt o‘tib esa bu zaruratga aylanadi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan. Unga ko‘ra o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.
Viloyatimizda mazkur imtihonlarga start berildi. 27-maydan 6-iyunga qadar davom etishi belgilangan ushbu imtihonlarda jami 66 nafar fuqaro 9-sinfni, 291 nafar fuqaro 11-sinfni tugallaganlik haqidagi hujjatni olish uchun imtihon topshirayotir.
Imtihonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan imtihon jarayonlari kuzatib borilmoqda. Ha aytgancha, 11-sinfni tugallaganlik haqidagi hujjatni olish uchun imtihon jarayonlari joriy yilning 30-may kunidan boshlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun