“Yashil chiroq”da bilimlar sinaldi

Date:

Yo‘lda mashinada ketar ekanmiz, svetoforda to‘xtarkanmiz, bog‘cha yoshidagi farzandlarimning svetofor haqidagi she’rlari, qaysi chiroqda qanday harakatlanish kerakligi haqidagi gurunglari boshlanib ketadi. Yo‘l qoidalari bog‘cha yoshidanoq tushuntirilib, qonuniyat sifatida uqtirilayotgani qanday yaxshi. Qolaversa, ular avtobusda kattalarga joy berish kerakligi va boshqa jihatlar haqida ham bilishadi.
Albatta, bugungi yoshlar o‘rgatilganni darrov tushunib, ilg‘ab, o‘zi uchun qoidaga aylantiradigan darajada aqlli va uddaburon. Biz kattalar faqat va faqat ularni to‘g‘ri yo‘naltira olishimiz kerak xolos. Shu ma’noda maktablarda ham boshqa fanlar, ta’lim-tarbiya qatorida yo‘l qoidalari ham o‘rgatilib, bilimlari boyitib borilmoqda.
“Yashil chiroq” musobaqasi esa o‘quvchilarning yo‘l qoidalarini nechog‘lik bilishlarini, bilimlarini sinovdan o‘tkazib kelmoqda. Bu safar ham xuddi shunday bo‘ldi. Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Yashil chiroq” musobaqasining viloyat bosqichida hududiy bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar ishtirok etib, belgilangan shartlar yuzasidan o‘zaro bellashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Angor tumanining 14-maktab jamoasi 3-, Denov tumanining 15-maktab jamoasi 2- va Sherobod tumanining 67-maktab jamoasi 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindorlarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun