68 nafar pedagog vazir jamg‘armasidan ustama oladi

Date:

Guruch kurmaksiz bo‘lmaganidek, pedagoglar orasida ham ana shunday “kurmak”larga duch kelishimiz mumkin. Attestatsiya esa ularni ikki toifaga ajratib berdi. Bilimsizlar o‘z kasbiga nechog‘lik munosib ekaniga kerakli xulosani chiqargan bo‘lsa, bilimli, salohiyatli kadrlar esa rag‘bat topdi.
O‘qituvchilar bilimini belgilovchi attestatsiyalar doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. Vazir jamg‘armasi uchun ham bo‘ladigan sinovlar ayni maqsadga xizmat qiladi. Ushbu jamg‘armadan har oylik ustamaga nomzod bo‘lgan 242 nafar surxondaryolik pedagogning 68 nafari belgilangan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, vazir jamg‘armasidan ustama olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tish joizki, endilikda ushbu malakali pedagog kadrlarga 9 oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida ustama to‘lanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun