Xorijlik mehmonlar kayfiyati chog‘

Date:

“Boysun bahori” festivalining uchinchi kun tadbirlari davom etmoqda. Ushbu tadbirlardan o‘rin olgan milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari va havo sharlarini uchirish tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Barchada ko‘tarinki kayfiyat ustuvorlik qilmoqda. Ayniqsa, festival tadbirlariga tashrif buyurgan xorijlik mehmonlarda surxoncha milliy liboslar, do‘ppi va so‘zanalar katta qiziqish uyg‘otmoqda.


Turizm kompleksining asosiy amfiteatr sahnasida xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan, xususan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Hindiston hamda mahalliy folklor jamoalarning chiqishlari namoyish etilmoqda. 13 ta xorijiy davlatdan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tashrif buyurgan folklor jamoalarning chiqishi tomoshabinlar e’tiboriga havola etilmoqda.


Har bir millatning milliy kuyi, ohanglari, milliy raqslari o‘ziga xos, o‘sha millatning milliyligini, ulug‘vorligini ko‘rsatib turgandek. Ayniqsa, ishtirokchi jamoalarning liboslari, ko‘rinishlari ham chiqishlari bilan hamohang.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun