O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylar rasmiylashtirilishi mumkin

Date:

O‘zboshimchalik bilan fuqarolarning uy-joy qurib olish holatlari haqida tez-tez eshitib qolamiz. Qiziq, ular qonunlarni bilmasmikan yoki bilishsa-da, chetlab o‘tarmikan? Nima bo‘lganda ham bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqaro ana ruxsatnomasiz uy-joy qurib, ularga nisbatan egalikni belgilash masalasida qonuniy yechim kutishayotir. Bu holat 2024-yil 22-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, 2018-yilda Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida 621 ming nafardan ortiq fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida tegishli ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etilib, ularga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilgan edi. Shunga qaramasdan, bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqarolarning ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechimni kutmoqda.
Bundan tashqari, ko‘plab holatlarda fuqarolarning bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylarga hamda kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining bino va inshootlariga nisbatan egalik huquqi mavjud emas. Shundan kelib chiqib, mahalliy davlat hokimyati organlarining qarorisiz o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida qurilgan uy-joylar, boshqa bino va inshoot yoki ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan huquqni e’tirof etish asoslari va uning aniq tartibini belgilash zarurati mavjud.
Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish tartibi belgilanmoqda. Shuningdek, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini e’tirof etish asoslari nazarda tutilmoqda.
Ahamiyatlisi, loyihada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar e’tirof etilgan taqdirda, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandligi taʼminlandi

Hududlarda ishsiz yoshlar bandligini ta'minlash, ularga kasb-hunar, chet tillarini...

Yoshlar “Yashil chiroq”da musobaqalashdi

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda bolalarga ko‘cha va yo‘llarda...

“Kinokarvon”da barcha faol

Angor tumanidagi "Qoraqir" mahallasida joylashgan 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim...

Oʻzbek animatsion filmi xalqaro tanlovda gʻolib

Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Abdulatif Haydarov tomonidan...
KunTun
KunTun