Avtomobilsiz kun…

Date:

Avtomobilsiz bir kuningizni tasavvur eta olasizmi? To‘g‘ri, uyingiz va ishingiz o‘rtasidagi masofa yetib bo‘lmasdek tuyilishi aniq. Ammo, gap tabiat muhofazasi, ekologiyani sof holda asrash haqida borsa, haftada bir kunni amallasa bo‘ladi. «Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi. Bunda, binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishi orqali namuna ko‘rsatib boradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevralda qabul qilingan «O‘zbekiston – 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonida qayd etildi.
Keng jamoatchilik vakillari va ekofaollarning ekologiyaga avtomobillar chiqindi gazlarining zararli ta’sirini kamaytirish uchun Toshkent shahrida har oyning bir ish kuni davomida avtomobillar harakatlanishini (jamoat transportlari, maxsus va shoshilinch yordam xizmatlaridan tashqari) qisqartirishga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» jamoatchilik loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.
Amaliyot o‘zini oqlasa, boshqa hududlarda ham “avtomobilsiz kun” joriy etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun