Murojaat eʼtiborsiz qolmaydi

Date:

Yurtimizdagi har bir yosh, u qayerda bo‘lmasin, e’tibor va g‘amxo‘rlik ostidadir. Ularning huquqlari doimo himoya qilinadi, kerakli yordam ko‘rsatiladi. Ayniqsa, xorijda ishlash uchun ketgan voha yoshlari qanday sharoitda ishlayapti? Huquqlari poymol bo‘lmayaptimi? Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, Yoshlar ishlari agentligi Termiz shahar bo‘limi, mahalla yetakchilari, keng jamoatchilik faollari ishtirokida tashqi mehnat migratsiyasidagi yoshlar bilan masofaviy video muloqot bo‘lib o‘tdi.
130 dan ortiq mehnat migratsiyasidagi yosh ishtirok etgan uchrashuvda shahar hokimi yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. 20 ga yaqin chet eldagi vatandoshlarimiz murojaat qildi va ushbu murojaatlar yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitob keldi ko‘z o‘ynatib, miya qaynatib…

Tirnoqlari hamisha kirlanib yuradigan odamni taniysizmi? Unga na issiq...

Oltmish yillik hayajon

Inson umrining eng beg‘ubor va unutilmas fasli — bu...

Imkoniyat bisyor, sharoit tayyor — yangi-yangi imtiyozlar bor

Talabalik — oltin davr deyishadi, biroq qaysi talaba bilan...

Xalqaro  markaz  zamonaviy kasb o‘rgatadi

Mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan mutaxassislarga bo‘lgan...
KunTun
KunTun