… chek qo‘yildi

Date:

Bir fuqaroning uzoqqa borishni istamay, yo‘lning istagan joyiga tashlab ketgan chiqindisini ustidan boshqalar ham tashlab ketishni afzal biladi. Hech kim shu chiqindini-da olib, maxsus joyga olib borishni xayoliga keltirmaydi. Qarabsizki, sun’iy ravishda chiqindixona yuzaga keladi. Bunday holat shaharning ozodaligiga, toza havoga putur yetkazadi. Termiz tumanida ana shunday noqununiy chiqindixonalarning oldini olish maqsadida Tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilib kelinadi.
Reyd tadbirlari davomida tumanning “Sabzipoya” mahallasining “Xo‘jakamol” massivida fuqaro J.T belgilanmagan joyga chiqindilarni to‘kib ketayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi 91pr1-moddasining 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 5 barobari miqdorida – 1 million 700 ming so‘m hisobida jarima qo‘lanildi. Noqonuniy chiqindixona voqea joyida bartaraf etildi va belgilangan jarima joyida undirib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shinjon delegatsiyasi TerDUda

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va...

Talabalar insho yozdi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz...

Kitoblar jamlanmalari topshirildi

Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Termiz tumani hokimligi bilan...

“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va...
KunTun
KunTun