Ariqlar betonlansa…

Date:

Suvsiz hayot yo‘q. Tobora kamayib, global muammoga aylanib borayotgan suvning har qatrasini-da, asrab-avaylash, tejash va oqilona foydalanish bugungi kunning talabidir.
Shuning uchun ham bugun qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orishda suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, ariq va zovurlar tozlanib, betonlash ishlari amalga oshirilayotir.
Maqsad esa loy, keng ariq va zovurlarda bekorga isrof bo‘layotgan suvdan maqsadli foydalanish va ekin-tikinni sug‘orishda innovatsion usullarni joriy qilishga qaratilgan.
Angor tumanida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida irrigatsiya tarmoqlari va ariqlarni tozalash hamda betonlash ishlari olib borilmoqda.
Ayni kunlarda tumanning Ulug‘bek mahallasida ariqlarni betonlash ishlari boshlab yuborilgan. Mutasaddilar bosh-qosh bo‘lib, texnika kuchidan unumli foydalangan holda bu kabi tadbirlarni amalga oshirishda dehqon va fermerlar ham uyushqoqlik bilan ishtirok etishayotir.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun