ENE Kids loyihasiga start berildi

Date:

Suvni va elektr energiyasini tejash bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari iste’molchi sifatidagi madaniyatimizni shakllantirishga xizmat qilishi kerak. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Energetika vazirligi hamda Yaponiya-O‘zbekiston yoshlar innovatsion markazi hamkorligida ENE Kids loyihasining pilot dasturiga start berilgani bu borada tashlangan katta qadam bo‘ldi deyish mumkin.
Unda Toshkent shahar va Sirdaryo viloyatidan tanlab olingan 11 ta maktabning 500 nafardan ortiq 7-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishayotir. Albatta, ushbu dastur o‘quvchilarga energiya va suvdan unumli foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi hamda butun mamlakat ko‘lamida qanchalik suv va energiya tejalishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Ta’kidlash joiz, bu kabi tadbirlar yoshlarga energiya resurslaridan unumli foydalanish, tejash orqali ekologik muammolarni yechishda o‘z hissalarini qo‘shishlariga ko‘maklashadi. Loyiha doirasida yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida tomonidan mazkur tajriba-sinov maktablarining o‘qituvchilari uchun treninglar ham tashkil etildi. Ishonamizki, seminar ishtirokchilarining o‘rganganlari ommalashtirilib, yurtimiz yoshlarini bir maqsad yo‘lida birlashtirib, tejamkorlikka o‘rgatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Erta aralashuv” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Denov tumanida 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan...

Ikki oilaga yangi xonadon, mahallaga yangi maskan

Mustaqillik bayrami arafasida Denov tumanining Chuqurqishloq mahallasida aholi uchun...

“Obodon”ning qiyofasi oʻzgardi

Bir paytlar infratuzilmasi og‘ir toifadagi mahallalar qatorida bo‘lgan hududlarda...

“Oftobmakon”da katta yangilanish

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Oftobmakon” mahallasida yillar...
KunTun
KunTun