Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi

Date:

Jinoyat sodir etilgach, uni aniqlash, barcha detallarni hisobga olgan holda tadqiqot olib borish qiziq jarayon. Ayni mavzuda gap ketishi bilan detektiv filmlar, qiziqarli syujetlar ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi. Ayniqsa, Erkyul Puaroga yetadigani yo‘q. Xo‘sh, yurtimizda bu borada qanday ishlar olib boriladi? Jinoyatni fosh qilish, tadqiqot olib borishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etilishi sohadagi muhim qadam bo‘ldi deyish mumkin. Ushbu institut respublikadagi kriminogen vaziyatga oid tadqiqotlarni amalga oshiradi, surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy ko‘maklashadi.
Bu borada “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi va institut rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.
Jumladan, respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshiradi, jinoyatchilik tendentsiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qiladi;
jamoatchilik o‘rtasida shov-shuvga sabab bo‘lgan jinoyatlarning omillarini aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy ko‘maklashadi. Kriminologiya sohasi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlab, o‘z vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Institut faoliyatiga to‘sqinlik qilish, tadqiqot hisobotidagi ma’lumotlarni o‘zgartirishi uchun ta’sir ko‘rsatish taqiqlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun