Ayrim abiturientlar kirish imtihonlaridan ozod qilinadi

Date:

Ushbu sarlavhaning o‘ziyoq oliygohga o‘qishga kirish uchun tayyorgarlik ko‘rib yurgan yoshlarga katta qiziqish uyg‘otishi aniq. Albatta, o‘qishga kirishga imtiyoz olish uchun davlat mukofotlarini olish, tanlovlarda g‘olib bo‘lish shart emas. Shunchaki, bilimlarni muddatidan oldin sinov o‘tkazib, imtihonlardan ozod etilish mumkin. Bu bilan har bir yosh o‘zining o‘qishga kirish imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga talaba bo‘lishini kafolatlaydi.
Hukumatning «Umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, endi test natijalari xalqaro metodologiya – «Rash» modeli bo‘yicha hisoblab chiqiladi. Bunda talab darajasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar universitet bakalavriatiga o‘qishga kirishda tegishli fan bo‘yicha test sinovlari bo‘yicha maksimal ball oladi.
Shuningdek, B+, B, C+, C darajaga ega bo‘lgan abiturientlarga test sinovlarida egallagan ballariga nisbatan foiz asosida maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan ball beriladi. Qulayligi, sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar my.gov.uz orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun