Meni hayotga qaytardi…

Date:

Yolg‘izlik insonni tushkunlikka tushurib qo‘yadi. Keraksiz o‘y-xayollar, ruhiy stresslar… men ham ana shunday holatni boshimdan kechirdim. Muqim yashagani uy-joyim yo‘qligi esa dard ustiga chipqondek edi. Keksayganda inson farzand va nabiralarining duoi jonini qilib o‘tiradigan paytda meni qiynaydigan jihat yolg‘izlik, vatansizlik edi. Yetmaganiga uydagi yumushlar… inson o‘zini keraksiz his qilishidan yomoni bo‘lmas ekan.
Yana bir narsa, qanday yashab o‘tish tanlovi o‘zimizda bo‘lar ekan. Faqat buni anglab yetish kerak. Men ham shuni anglagan holda birinchi qadamni tashladim. Birinchi navbatda yolg‘izlikdan, yomon o‘y-xayollardan chekinish uchun nima bilandir band bo‘lishim kerak edi. Ishlashim joizdir. 68 yosh bunga to‘sqinlik qilar dersiz. Ammo, bunday bo‘lmadi, to‘sqinlik qilmadi.
Bo‘sh bo‘lganimda keraksiz narsalardan chiroyli gullar yasashni yaxshi ko‘rishim yodimga tushib, shu qiziqishim meni 2022-yil Termiz shahrida joylashgan yoshlar markazi qoshida faoliyat olib borayotgan “Inklyuziv” ta’lim markazi tomon yetakladi. Bu yerda men kabi insonlarga yaxshigina hunar o‘rgatishar ekan. Ushbu to‘garak ishtirokchilari ichida eng yoshi ulug‘i men bo‘lsam kerak. Shunga qaramay, boladek hunar o‘rganishga kirishdim, harakat qildim. Yasagan gullarimdan bahri dilim ochildi, quvonchim ichimga sig‘masdi. Nahotki, men shuni yasadim deya.
Markazga kelib ishni boshlaganimdan qayta hayotga qaytgandayman. Ilgarilari o‘zimni keraksiz insonday o‘ylagan bo‘lsam, ikki yil ichida ko‘p narsani o‘rgandim, ba’zi haqiqatlarni angladim. Bu men uchun foyda bo‘ldi. Yetmaganiga mustaqill hunarmand bo‘ldim. Yasagan mahsulotlarimizni sotish esa muammo bo‘ldi. Ammo, har qanday muammoning ham, masalaning ham yechimi bo‘lar ekan. Vaqt o‘tib, bu qiyinchiliklar ham ortda qoldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan “Imkoniyati cheklangan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar” savdo yarmarkalari tashkil qilinib, barcha mahsulotlarimizni sotishda amaliy yordam berilgani jonimizga ora kirdi. Oz emas, ko‘p ham emas, 6 millon so‘m daromadga ega bo‘ldim. Quvonganimdan, ishtiyoqim oshib, yana mahsulot yasay boshladim. Navbatdagi yarmarkagacha daromadni yana oshirishni oldimga maqsad qilganman.
Ha aytgancha, kayfiyatingizga qarab, hayotingiz yo yorug‘, yo qorong‘u bo‘lib boraverarkan, hayotimga nur olib kirgan hunarmandchiligim ortidan ko‘plab yaxshiliklar sodir bo‘ldi. Hokimlik tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar turadigan turar joyda menga ham uy berishdi. Yashaydigan uyim, hayotimga mazmun bag‘ishlagan sevimli ishim bor. Qolaversa, Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi mas’ullari, tuman bo‘limi mutasaddilari ham meni unutishmadi, muntazam tarzda yolg‘iz keksalar, imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olib, kerakli yordam ko‘rsatib kelishmoqda. Faoliyatini boshlaganiga qisqa vaqt bo‘lgan bo‘lsa-da, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi shahar bo‘limi mutaxassislari mahalla ahli orasiga faol kirib bora olgani men kabilar uchun tirgak bo‘layotir. Yashashga qiziqishini oshirib, yolg‘iz emasligini eslatib turganday.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgandan kiyin qo‘shimcha kompensatsiya pullari ham oladigan bo‘ldik. Endi oldingidek o‘ylab, siqilishimga hojat ham qolmadi. Shanba, yakshanba yoki bayram kunlari ham uyimga kelib mendan xabar oladigan inson bor. Ovqatim, kirim, uy yumushlarim bo‘ladimi, barchasini qilib berishmoqda. Eng asosiysi, Ijtimoiy himoya milliy agentli tomonidan ijtimoiy xodim va inson markazi assistent biriktirib berildi. Tobim qochsa, kasalxonaga ham bormayman. Assistentni o‘zi barchasini qiladi. Insonni qadrlash shu bo‘lsa kerak, deb qilingan e’tibordan quvonaman, davlatimiz boshida turganlarni duoi jonini qilaman.

Aslini olganda, insonning talabi ko‘p emas, u shunchaki mehr va muhabbatga tashna. Ayniqsa, o‘z jismoniy harakatlaridan to‘liq foydalana olmaydigan insonlarga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik ularning yashashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshiradi. Bu mehrni ulashuvchi davlating ekanini his etish esa yanada ajoyib his baxsh etadi.

Farhod bobo Xolov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yuksak mukofotlar muborak, surxondaryolik o‘g‘lonlar!

Yurtimiz sharafini yuksakka ko‘tarib, o‘zlarining yutuqlari bilan o‘rnak bo‘lib...

Yirik investitsiya loyihalari bilan tanishildi

Loyihalar, g‘oyalar har doim qimmtli va muhim ahamiyatga ega....

Prokuraturada yangi bo‘linma tashkil etiladi

Har soha va tizimni rivojlantirish uchun yangi qadamlar tashlanadi....

Migrantlarning farzandlari ta’limi uchun to‘lov joriy etiladi

Rossiya Davlat dumasi mehnat migrantlarining farzandlari o‘qishi uchun to‘lov...
KunTun
KunTun