Oilaviy tadbirkorlar huquqi kengaydi

Date:

Oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanadiganlarning ishi kengayib, ish hajmi oshsa, ishchi kuchiga ehtiyoj tug‘ilsa-da, ishchi yollay olishmasdi. O‘z nomi bilan aytilganidek, oilaviy tadbirkorlik bilan faqat ana shu oiladagilarning o‘zi mashg‘ul bo‘lishi kerak degan talab bor edi. Ana shunday noqulayliklarning oldini olish maqsadida Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi. “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oilaviy tadbirkorlik subyektlariga 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollash huquqi berildi (ilgari 3 nafargacha edi). Shuningdek, bir oilaviy korxona ishtirokchisiga bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lish huquqi berildi.
“Bojxona kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘raesa davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan maxsus sport kiyim-boshlari, poyabzal, sport anjomlari, jihozlari va uskunalarining 50 foizi uchun bojxona bojini to‘lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar berildi.
“Shaharsozlik kodeksi”ga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining shaharsozlik faoliyati obyektlarini qurish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish bo‘yicha vakolatlari bekor qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun