1 150 ish o‘rni yaratiladi…

Date:

Yangi yilda viloyat aholisining bandligini ta’minlash, hayotini yaxshilash, turmushini farovonlashtirish maqsadida ko‘plab loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bu orqali ishlab chiqarish va xizmat turlari kengayayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan ish o‘rinlari yaratilib, viloyat ahli uchun katta qulayliklar yaratilayotir.
Qumqo‘rg‘on tumanida “Qumtex Invest” MCHJ tomonidan ayni maqsadda katta qadam tashlandi. MChJ tomonidan umumiy qiymati 73,5 million dollarlik to‘qimachilik korxonasiga tamal toshi qo‘yilib, ayni paytda qurilish-ta’mirlash ishlari qizg‘in tus olgan.
Aytish kerakki, ip-kalavadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan ishlab chiqarishni qamrab oladigan ushbu loyiha doirasida 1 150 nafar mahalliy aholi doimiy va daromadli ish bilan ta’minlanadi. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushgach, yillik budjetga tushumni 110 millisrd so‘mga, eksport hajmini 65 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun