MA’NAVIYAT — MILLAT KO‘ZGUSIDIR

Date:

Nomiga o‘tkaziladigan tadbirlardan tomoshabin zerikkan. Yana o‘sha va’zbozlik, aql o‘rgatishu qolipdagi chiqishlar deya ensasi qotib kuzatadigan yoshlar tezda vaqt o‘tsa-yu, jonli devor bo‘lib turishdan qutulishsa… Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabida Prezidentimizning tashabbusi bilan faoliyat yuritayotgan “Ma’naviyat sektori” doirasida “Ma’naviyat — millat ko‘zgusidir” mavzusida boshlangan tadbir esa boshlanishidanoq tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Birdaniga uyg‘otib yuborgandek bo‘ldi.


Eng qiziq tomoni, tadbirda maktab o‘qituvchilari shoiralar Nodirabegim, Uvaysiy, Saroymulkxonim, Zulfiyaxonim timsollarini yaratishdi. Ularning sheʼrlari, g‘azallari o‘qildi. Hayoti va ijodi guruhlar tomonidan keng yoritib berildi. Tadbir davomida o‘qituvchilar “Ma’naviyat” tushunchasiga keng baho berib, aynan avlodlarimiz meroslari kelajagimiz uchun ko‘zgu bo‘lishini tushuntirib berishdi.
Yakunda so‘ngida jamoalar Termiz shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun