Apparat xodimlari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda…

Date:

Issiq jonni isitmasi bor deganlaridek, har bir insonni o‘ziga yarasha sog‘ligi bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Ammo, o‘z vaqtida shifokor qabuliga borishga vaqt va mablag‘ yo‘qligi esa shifokor qabuliga borishni orqaga suraveradi.
Ayniqsa, davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish vaqti tig‘iz bo‘lganligi bois, ishdan ortib xotirjam ko‘rikdan o‘tish biroz muammoday tuyuladi. Endilikda, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi, hokimliklar hamkorligida davlat xizmatchilari birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotir. Xususan, 10-yanvar kuni Denov tumani hokimligi apparat xodimlari, bo‘lim boshliqlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rikka kelganlarning salomatligi haqidagi xulosalar, ayrimlariga esa malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tishlari uchun yo‘llanmalar berildi. Bu esa ulardagi ayrim kasalliklarning barvaqt oldi olishga xizmat qiladi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun