Oʻzbekistonga ilk bor chiqindi tashiydigan elektromobil olib kelindi

Date:

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tashabbusi bilan endi yurtimizda chiqindi tashishda elektrda yurishga moʻljallangan texnika vositasidan foydalaniladi. Elektromobil “Eko House” chiqindi klasteri tomonidan Xitoydan keltirildi. Ushbu elektromobil atmosferaga mutlaqo zararsiz bo‘lib, Oʻzbekiston ham aynan shu jihatiga eʼtibor qaratdi. Elektromobil Xitoyning Chenju shahrida ishlab chiqarilgan. Kelgusida chiqindi tashiydigan mana shunday elektromobillarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni reja qilinmoqda.
Elektromobil dastlab Jizzax viloyatida sinovdan oʻtkaziladi. Eʼtiborli tomoni, u tor koʻchalarda ham yurishga moʻljallangan. Mashina toʻliq quvvatda 300 kilometr masofani bosib oʻtadi. Bu esa kun davomida aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib, maxsus poligonlarga tashish imkonini beradi. Shuningdek, 3 tonnagacha yukni bemalol koʻtara oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ekspert kengashi tashkil etiladi

 “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari...

Muz giganti qirg‘oqqa tegsa…

Grenlandiyadagi Inarsuit qishlog‘i qirg‘oqlari va uylarga titanik hajmdagi aysberg...

Yordami va ko‘magiga tayanamiz

Yozning jazirama issig‘idan yashirinib o‘zimizga soya-salqin boshpana izlaymiz. Shunday...

Mahkumlarga mehnat terapiyasi qo‘llaniladimi?

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm,...
KunTun
KunTun