Endi xodimlar ham jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanadi

Date:

Har birimiz sog‘lom turmush tarziga amal qilmog‘imiz shart va zarur. Bu davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan masalaga aylanib, O‘zbekistonda endi xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi va to‘g‘ri ovqatlanishi uchun sharoitlar yaratiladi. O‘z-o‘zidan bunday tartibning joriy etilishi turli kasalliklarning oldini olish bilan birga, ortiqcha vazn to‘plashning oldini oladi.
“Aholi salomatligi-2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko‘ra, aholiga o‘z sog‘lig‘i va ovqatlanishini nazorat qilishni o‘rgatish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mobil ilova yaratish reja qilinmoqda. Shuningdek, mahalliy mahsulotlardan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parxez ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish, yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun to‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari to‘plamini yaratish; ish beruvchilar tomonidan xizmat joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi va to‘g‘ri ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish mo‘ljallanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun