5 mingga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Date:

Insonga har qanday suv emas, balki iste’mol qilish uchun yaroqli toza suv kerak. Suv tanqisligi allaqachon umumbashariy ekologik muammolardan biriga aylangan. Afsuski, bu muammo O‘zbekistonda ham yaqqol sezilmoqda.
So‘nggi 6 yil davomida ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. Bu oldingi yillarga nisbatan 6 baravar ko‘p. Bu davrda ilk bor 1000 ta mahalladagi 6,5 million aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Shunday bo‘lsa-da, bu yo‘nalishda ko‘p masalalar o‘z yechimini kutmoqda. Yurtimizda hanuzgacha ichimlik suvi sutkasiga 4-6 soat beriladigan, markazlashgan ta’minot yo‘lga qo‘yilmagan, yoshlardan tortib, nuroniylarigacha yoki bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalari suvni bir necha kilometr masofadan tashib kelishga majbur bo‘layotgan hududlar bor.


Ushbu muammoga yechim topish, O‘zbekistonning chekka mahalla va qishloqlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida “Yuksalish” harakati o‘tgan yilning kuzida “Hayot ulash” xayriya аksiyasini boshlagan edi.
Aksiya doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi “Nurli kelajak” mahallasida yashovchi 5 mingga yaqin aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Oktyabr oyida boshlangan quduq qazish ishlari yakuniga yetdi.
Ta’kidlash kerak, ushbu mahalla ahlining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoji katta edi. Suv tanqisligi sababli markaziy ta’minot tizimi bugunga kelib ishdan chiqqandi. Endilikda quduqdan chiqadigan suv markaziy ta’minotga ulanadi. Bu degani – endi ichimlik suvi xonadonlargacha kirib boradi. Ushbu xayrli ishlarga homiylarning 300 million so‘m mablag‘lari jalb etildi.
Bugun aksiya tashabbuskorlari, mahalla faollari ishtirokida suv obyekti foydalanishga topshirildi. Saxovatpesha insonlar va homiylarga minnatdorlik bildirildi.

Islom Mengliyev

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun