Ma’naviyat va ma’rifat – taraqqiyot beshigi

Date:

Mustaqil bo‘lganimizga 32 yildan oshdi. Xalqimiz erkin hayot kechira boshladi. O‘z hududimiz va daxlsiz davlat chegarasiga ega bo‘ldik. Konstitutsiyamiz qabul qilindi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat, ijro etuvchi hokimiyat va sud hokimiyati tashkil topdi. Milliy armiyamiz shakllantirildi.
Yangi davr bizga davlat mustaqilligiga erishish va uni mustahkamlash imkonini berdi. O‘z taraqqiyot yo‘limizni aniqlab, bozor islohotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston jahonning barqaror va iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylandi.
Bugungi tezkor davrni zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Internet tizimi axborot tarqatishni qulay vositasiga aylangani haqiqat. Tahlikali davrda ayrim buzg‘unchi to‘da va guruhlar global tarmoqdan qabih niyatda foydalanmoqda. “O‘rgimchak to‘ri” ba’zi yoshlarni zalolatga boshlashga urinayapti. E’tiqod ilmini yaxshi bilmaslik inson aqidasini zaiflashtirib, kemtiklik paydo qiladi. Bundan ustamonlik bilan foydalanayotgan g‘animlar esa farzandlarimizni chalg‘itishga urinmoqda. Taassufki, ba’zi yoshlar bunday holatlarda adashib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 16-17-noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida milliy ma’naviyat hamda qadriyatlarimizni asrab-avaylashga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu borada yoshlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, sog‘lom muhitni shakllantirish maqsadida “Surxondaryo tajribasi” misolida “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Bu esa voha xalqi uchun o‘ziga hos, kutilmagan voqea bo‘ldi.
Bugungi kunda barcha soha va yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilib, keng yo‘l ochib berilmoqda. Ayniqsa, ma’naviyatimizni yuksaltirish yo‘lida olamshumul ishlar amalga oshirilayotgani quvonarli. Davlatimiz rahbarining “Ma’naviyat boshqa sohalardan 10 qadam oldinda yurishi kerak, bugun ilmli, zamonaviy kasb-hunarlarni egallagan yuksak ma’naviyatli yoshlarimiz yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak”, degan fikrlari bugun amaliy harakatga aylanib bormoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida ishchi guruhi tuzilib, joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ham “Ma’naviyat sektori”ni tashkil qilish maqsadida keng va yorug‘ bino shay holatga keltirildi.
Quvonarlisi shundaki, olib borilayotgan xayrli va ezgu ishlardan yurtdoshlarimiz ham xabardor bo‘lib borishmoqda. “Ma’naviyat festivali”, “Ot – yigitning qanoti”, “Yangra, do‘mbiram!”, “Mening farzandim – O‘zbekiston faxri” tadbirlari keng ommalashgani quvonarli. “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida ilk bor mamalakatimiz bo‘ylab o‘tkazilgan “Ma’naviyat marafoni”da viloyatimiz alohida namuna ko‘rsatdi. “Surxondaryo tajribasi” misolida umumta’lim maktablarida “Otalar yig‘ilishi” o‘tkazilishi joriy etildi. Mahallalarda bosqichma-bosqich “Ma’naviyat kutbxonasi” tashkil etilmoqda.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash yangi bosqichga ko‘tarildi. Respublikamizda ko‘plab yirik ishlab chiqarish majmualari, minglab kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka ixtisoslashgan korxonalar foydalanishga topshirildi. Namunaviy loyihalar asosidagi betakror uylar va ajoyib mahalla guzarlari faoliyat boshladi. Xayrli va ijobiy ishlarning samarasi o‘laroq, minglab yangi ish joylari dunyoga keldi.
Mustaqillik eng ulug‘ va eng aziz ne’matdir. Biz erishgan yuksak marralar, ozod va obod Vatanimiz manzaralari albatta, istiqlol sharofatidandir. Shunday ekan, ulug‘ va aziz ne’matni avaylab-asraylik.

G‘anisher Rahimov,

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori,
Ma’naviyat sektori rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gʻolib oʻqishga qabul qilinadi

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida Tataristonning “Alabuga” erkin iqtisodiy...

Chiqindidan elеktr enеrgiyasi ishlab chiqariladi

7 ta hududda ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarni qayta ishlash...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Yurtimizning barcha hududlarida, viloyat, shahar va tumanlarida iftorlik dasturxonlari...

Dunyoning yеtti moʻjizasi

Bir maktabda “Dunyoning yеtti moʻjizasi” mavzusida dars tashkil etildi....
KunTun
KunTun