31 mingga yaqin murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo‘ldi

Date:

Bugungi kunda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan aholiga 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatilib, tizimga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunda har bir murojaat Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanadi.
Surxondaryo viloyatida o‘tgan 2023-yilda fuqaro va tadbirkorlardan jami 45 495 ta kadastr pasporti shakllantirish yuzasidan arizalar kelib tushgan bo’lib, ulardan 1 942 tasi huquqiy hujjatlarini asli taqdim etilmaganligi sababli DXM tomonidan bekor qilindi, 12 402 tasi nizoli holatlar borligi, ko’rsatilgan yer maydoni qishloq xo’jaligi suvli yer maydonida turganligi, oldi-sotdi shartnomada manzil noto’g’ri ko’rsatilganligi sababli rad etildi. 291 tasining esa to‘lovi kutilmoqda, 30 654 ta murojaat yakunlangan hamda 206 tasi muddati o‘tgan hisoblanadi.
— Kadastr hujjatini tayyorlash yuzasidan eng ko‘p murojaat viloyatning Termiz shahri aholisidan kelib tushgan bo‘lib, murojaatlar soni 8 103 tani tashkil etadi, – deydi Boshqarma matbuot xizmati rahbari B.Safarov.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 ming tup manzarali daraxt ekildi

Yashil hududlarni kengaytirish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan “Yashil makon”...

Termiz tumanida yangi anorzor barpo etildi

Termiz tumanida foydalanilmayotgan yer maydonlarini obod maskanlarga aylantirish va...

Qiziriqda 9,2 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi

Aholi uchun qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish, mahallalar obodligini ta’minlash...

Bandixonda Yangi yil shukuhi

Bandixon tumanida Yangi yil bayramini munosib kutib olish uchun...
KunTun
KunTun