“Bog‘i eram” obod go‘shaga aylandi

Date:

Surxondaryo viloyatidagi eng og‘ir hududlardan sanalgan Muzrabot tumani markazidan 35 kilometr uzoqlikdagi “Bog‘i eram” mahallasida qurilish va bunyodkorlik ishlari yakunlanib, aholiga foydalanishga topshirildi.
Aytish kerakki, mahallada “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” dasturi asosida 80 ta xonadon ta’mirlandi. 1 kilometr davlat ahamiyatidagi, 1,7 kilometr ichki yo‘llar asfaltlandi. 13,1 kilometr tuproq yo‘llar toshlanib, 1 350 metr piyodalar yo‘lagi qurildi. 7 ta transformator punkti ta’mirlanib, 71 ta temir-beton ustunlar o‘rnatilib, mahalla ahlining elektr energiyasidagi uzilishlarga chek qo‘yildi. Bu hali hammasi emas, bog‘i eramliklarning foydalanishlari uchun 4 kilometr oqova suv tarmoqlarini qazish ishlari to‘la yakunlandi. Qolaversa, mahalla uchun yangi idora va tikuvchilik korxonasi hamda hududdagi beshta mahallaga kirib boruvchi yo‘lda yangi ko‘prik qurish ishlari amalga oshirildi.
Dastur asosida bunyod etilgan, yangidan ta’mirlangan obyektlarning foydalanishga topshirilishi mahalla ahli uchun katta xursandchilikka sabab bo‘ldi. Ko‘pning quvonchiga sherik bo‘lish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham tantanali marosimga ishtirok etib, mahalla ahlini yangilanishlar bilan muborakbod etdi. Tadbir bahona viloyat rahbari “Mehnat faxriysi”, “Tabiat himoyachisi” va “Eng yaxshi tibbiyot xodimi” ko‘krak nishonlarini o‘z egalariga topshirdi.
Endilikda bog‘i eramliklarning ham ko‘chalari ravon, kommunal xizmatlari barqaror bo‘lgan, yangilangan mahallada hayot kechirishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qahramon”ning qiyofasi o‘zgarmoqda

Yurtimizda mahallalarni obod qilishga qaratilgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani”...

Yoshlar — ilm va innovatsiya chorrahasida

Yurtimizda Prezident tashabbusi bilan ta’lim, fan va ishlab chiqarish...

Mening hissam

Yoshlar orasida kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, o‘quvchi va talabalar...

Adolat va halollik—bosh mezon

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan...
KunTun
KunTun