Shtab faoliyati: qator masalalar muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida viloyat navbatchilik shtabida navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda elektr energiyasi, gaz, ichimlik suvi va ko‘mir bilan ta’minlash, shahobchalarda benzin yoqilg‘isi sotuvi va sifatini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi hamda yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Viloyat bo‘yicha 220 dan ortiq benzin shahobchalarining faqatgina 30 ga yaqinida benzin sotilayotganligi, bu bo‘yicha berilgan topshiriqlar talab darajasida bajarilmaganligi, benzin sifatini ishchi guruhlar tomonidan o‘rganilganda ham qator muammolar aniqlanayotganligi tanqid qilindi. AYOQSHlarga benzin yetkazib berish hajmini oshirish, metan shahobchalarining grafik bo‘yicha ishlashini ta’minlash topshirildi. Shuningdek, yangi yil bayramini ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish, aholiga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab berildi.
Shtab muhokamasidan so‘ng, viloyat rahbari Termiz shahri “San’at saroyi” majmuasi old qismida o‘rnatilgan viloyatning asosiy bayram archasi bilan tanishdi. Hududda haqiqiy bayram shukuhi uyg‘otish maqsadida konsert dasturlarini tashkil etish, ko‘cha, xiyobon va maydonlarni bayramona bezash topshirig‘i berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun