“Najot – ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda”

Date:

Bugun bong urib aytishimiz mumkinki, najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda! Aks holda jamiyat hayotimizda yashashdan, yurish-turishimizdan, kelajagimizdan ma’no yo‘q. Shunchaki, ongli, ammo undan foydalanishni bilmaydigan mavjudotdek yashab o‘tamiz xolos. Nega kitobxonlik tag‘ibotiga bu qadar e’tibor qaratamiz? Bizning boshqalar bilan nima ishimiz bor talqinida ish tutmaymiz.
Yo‘q, jamiyatni, yosh avlodni uyg‘otishimiz, sergaklantirishimiz shart va zarur. Ularning ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi, aqlu salohiyati ertangi kunimizning kafolatidir. Ta’lim-tarbiyadan, o‘qib o‘rganishdan najot topgan yoshlarning dunyoqarashida farq bo‘ladi, ishida o‘sish, shaxsiy hayotida tinchlik-osudalik bo‘ladi. Ular dunyoga keltirib, tarbiya etadigan avlod ma’naviyatli bo‘lib kamol topadi. Ana shundan keyin aytadigan gapimiz muammolar, ajrimlar haqida bo‘lmaydi…
Afsuski, gap ajrimlar haqida ketar ekan, og‘riq bilan aytishimiz mumkinki, Surxondaryo viloyati FHDYO bo‘limlari tomonidan 2023-yilning 7 oyi davomida Angor tumanida 87 ta, Boysun tumanida 75 ta , Qiziriq tumanida 63 ta, Termiz shahrida esa 238 ta nikohdan ajrashganlik holati qayd etilgan. Buni qanday tushunish mumkin? Ajrimlarning bittasi ham ko‘p, bittasi ham jamiyat uchun fojia deb turgan paytimizda Termiz shahrida 238 ta ajrimni ko‘z oldimizga keltiraylikchi? Bu raqamlardan bilish mumkinki, bir necha barobar ko‘proq o‘g‘il-qiz tirik yetimga aylangan. Moddiy va ma’naviy yetishmovchilikni boshidan o‘tkazishga

mahkum. Ayni o‘qib o‘rganadigan, kelajagi uchun muhim qadamni tashlaydigan davrida onasining stresslari, aliment mashmashalari-yu mana shunday muammolar girdobida yashashga majbur. Ularni ota-onalar shu holga solishdi. Bunga sabab nima? Yoshlarning oila qurishga tayyor emasligimi? Munosib ta’lim-tarbiya olishmagani, ma’naviyati (agar bor bo‘lsa) haminqadarmi? Buning sabablarini, ildizlarini qidirib topish, ajrimlarga yo‘l yo‘ymaslik esa oldimizga turgan dolzarb masalaga aylandi. Bu borada yurtimizda tizimli ishlar yo‘lga qo‘yishga harakat qilinayotgan bir paytda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ham turli tanlov va grantlarga o‘z loyihalari bilan ishtirok etib, ayni loyihalarini jamiyat hayotimizga tatbiq etishayotir. Natija esa ko‘zlangan maqsadga erishishga xizmat qilsa, ajab emas.
“Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondining Surxondaryo viloyat hududiy filiali Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan “Najot – ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda” shiori ostida fuqarolik jamiyati nstitutlarining loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun 5-tanlovining “Yoshlarni turmush qurishga tayyorlash, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi amallarni oldini olish bo‘yicha ko‘nikmalar berish” nominatsiyasida ishtirok etib, “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” loyihasi bilan grant g‘olibi bo‘lgan edi. “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” Termiz shahar bo‘limida loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot tadbirida viloyat hududiy jamoat fondi, O‘zNNTMA viloyat hududiy bo‘linmasi, Termiz shahar Adliya, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari, “Madad” NNT, shahar MFYlar xotin-qizlar faollari va yoshlar ishtirok etdi. Loyiha doirasida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi” Termiz shahar bo‘limiga noutbuk, videoproyektor va kitoblar to‘plamlari taqdim etildi. “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Surxondaryo viloyat bo‘limi vakillari loyiha doirasida viloyatning Termiz shahridagi 37 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida yoshlarni turmushga tayyorlash bo‘yicha seminarlar o‘tkazilib, oilaviy hayotga tayyorlanadi. Yoshlarga erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasida turmush qurishning salbiy oqibatlari yuzasidan ma’lumotlar beriladi. Erta tug‘ruqning oldi olinishi natijasida bolalarda irsiy va tug‘ma kasalliklar profilaktikasi ta’minlanilishi natijasida oila mustahkam bo‘lishiga hissa qo‘shish reja qilingan. Qolaversa, tibbiy ko‘riklar tashkil etilib, irsiy va tug‘ma kasalliklari borlar aniqlanadi. Oilalarning ma’nan va jismonan sog‘lom bo‘lishiga erishish uchun barcha amaliy harakatlar olib boriladi.

Sayyora ALLAYEVA

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MIB xodimi jahon chempionatida…

Inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin, qiziqishlari uni tark etmaydi....

Murosasiz bahslarda…

Maydonga tushadigan har bir sportchi raqibini yengib, g‘olib bo‘lishni...

Ilk bor urib turgan yurak ko‘chirildi

Italiyaning Paduya shahrida dunyoda birinchi marta urib turgan yurak...

“IIB bog‘i” tashkil etildi

Atrofimiz yashillikka burkansa, buning insoniyatga, ekologiya va tabatga ta’sorini...
KunTun
KunTun