…jarima miqdori oshirildi

Date:

Ijtimoiy tarmoqlar orqali qandaydir dorivoy giyohni noqonuniy ravishda uzib ketishgani, o‘tin sifatida foydalnishayotgani, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob jonivorlarning ovlangani haqida tez-tez eshitib turamiz. Nahotki, olib borilayotgan tushuntirish ishlari, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari kor qilmayotgan bo‘lsa… Xolbuki, tabiatga, jonivorlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik muqarrar.
Ayni holatlarning oldini olish, odamlarni yanada xushyor torttirish maqsadida O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simliklarga zarar yetkazganlik uchun jarima miqdori 5 barobarga, hayvonlarga zarar keltirganlik uchun jarima miqdori esa 10 barobarga oshirildi. Bu Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi. Hujjat o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilmaganlik uchun huquqiy javobgarlik choralarini kuchaytirishga qaratilgan.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan o‘simliklarga yetkazilgan zarar uchun belgilangan jarima miqdori 5 barobarga oshirildi. Bunda zarar miqdori quyidagi koeffitsiyentlarda hisoblanadi (bitta o‘simlik uchun):
— yoʻqolib ketayotgan turlar – BHMning 10 barobari (3,4 mln soʻm);
— kamyob turlar – BHMning 4 barobari (1,36 mln soʻm);
— kamayib borayotgan turlar – BHMning 2,5 barobari — (850 ming soʻm).
Shuningdek, hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun jarima miqdori 10 barobarga oshirildi. Masalan, endi bitta qoplonni yo‘q qilganlik uchun O‘zbekiston fuqarosidan BHMning 3000 barobari (1 milliard 20 million so‘m), xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslardan esa 400 ming dollar undiriladi. Mazkur qaror qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023-yil 11-dekabrdan kuchga kirgan.
Shunday ekan, har qanday harakat va harakatsizlik har bir insonning o‘ziga va vijdoniga, qolaversa, moddiy imkoniyatiga bog‘liq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TARBIYADA ALLOMALAR MEROSI MUHIM

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarni ma’naviy va axloqiy tarbiyalash jamiyatning...

Korrupsiya — taraqqiyotga tahdid soluvchi illat

Ma’lumki, joriy yil boshida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev...

Sud tizimini raqamlashtirish: “Raqamli sud” konsepsiyasi

2025-yilda “Raqamli sud” konsepsiyasi joriy etildi. Ushbu konsepsiya sud...

Madaniy meros — millat yuragining ovozi

Madaniy merosni asrash — bu jamiyatning madaniy, tarixiy va...
KunTun
KunTun