Yangi NMTT foydalanishga topshirildi

Date:

Farzandimizni davlat yoki nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga berish har bir ota-onaning tanlovi. Muhimi, bog‘chada zarur shart-sharoitlar bo‘lishi, talabga yarasha ta’lim-tarbiya berilishi lozim. Ayniqsa, til o‘rgatilsa, o‘g‘il-qizlarimiz bog‘chadanoq kelajagi uchun birinchi qadamni tashlagan darajada bo‘lishlari lozim. Axir bejizga bola 5 yoshigacha hayoti uchun kerakli tasavvur va ko‘nikmalarni olib bo‘ladi deyishmaydi-ku. Ana shunday bilish, tanishuv jarayonida ota-ona munosib turtkini berib, qo‘llab-quvvatlashi lozim. Talabga munosib taklif sifatida Termiz shahrining “Nurli kelajak” mahallasida umumiy loyiha qiymati qariyib 4,0 milliard soʻm boʻlgan, 90 oʻrinli “Parvozga shay bolalar-3” nomli yangi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ochilib, foydalanishga topshirildi.
Mazkur tantanali tadbirning ochilish marosimida Termiz shahar hokimi Oʻ.Toʻrayev ishtirok etib, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Tadbirda nuroniylar, mahalla faollari, soha masʼullari va OAV vakillari ishtirok etishdi. Yangi yil bayrami arafasida ushbu muassasaning foydalanishga topshirilishi ota-onalar va bolajonlar quvonchiga quvonch qoʻshdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun