Elektron qo‘llanmalar va kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi

Date:

Har qanday bilim va ko‘nikma bolalikdan olinsa, u hayotimiz davomida unutilmaydi va qoida misol muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan yo‘l qoidalarini, kitobxonlikni targ‘ibotida asosiy auditoriya maktab o‘quvchilari bo‘lsa, nur ustiga nur. To‘g‘ri yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari sabab, yoshlar ma’naviyatli, salohiyatli bo‘lib ulg‘ayadi. O‘rnatilgan tartib-qoidalarga nisbatan hurmat paydo bo‘ladi. Yo‘l qoidalariga nisbatan ham xuddi shunday.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-apreldagi “Taʼlim muassasalarida yo‘l harakati targ‘ibotini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 212-sonli qarori ijrosini taʼminlash, o‘quvchilarning Yo‘l harakati qoidalariga yoshlikdan amal qilishi, yo‘llarda harakatlanish madaniyatini yanada shakllantirish, yo‘l belgilarini o‘rganishi maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sherobod tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi tasarrufidagi 10 dan ortiq umumtaʼlim maktablariga Yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib qilish uchun elektron darslik va qo‘llanmalar, televizorlar va kompyuter jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qishki rejimga o‘tiladi

Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Xayraobod...

Ramziy qahramonlarini taqdim etildi

2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati oldidan FIFA musobaqaning ramziy...

“Millat fidoyilari” taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Termiz shahrida joylashgan N-sonli harbiy qismda “Millat fidoyilari” nomli...

Oshkor etsa, javobgarlik bor

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi....
KunTun
KunTun