Munosib nishonlandi

Date:

Surxon vohasi ahlining asosiy mashg‘uloti yerga urug‘ qadab, ekin-tikin qilish, mo‘l hosil olib, mo‘may daromad olishdir. Bu borada fermer xo‘jaliklari-yu dehqonlarning xizmati va tajribasi tahsinga sazovor. Ayni ular sabab bozorlarda narx-navo arzon, dasturxonimiz har doim to‘kin-sochin. Har yili qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni esa yurtimizda o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda nishonlanib kelinmoqda. Bu yil ham ana shunday kayfiyatda o‘tdi. Surxondaryo viloyatida tashkil etilgan tantanali tadbirda ham viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Prezidentimizning mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.


Viloyat rahbari o‘z tabrigida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlarining mashaqqatli mehnatlari samarasi o‘laroq joriy yilda bir gektardan 70 sentnerdan jami 629 ming tonna g‘alla, 40 sentnerdan jami 690,3 ming tonna paxta, 1 960 tonna pilla, 1 mln. 200 ming tonna meva-sabzavot, 217 ming tonna go‘sht va 955 ming tonna sut mahsulotlari, 570 mln. dona tuxum yetishtirilganligini, yig‘ib olingan paxta xom ashyosi o‘tgan yilga nisbatan, 35 ming tonnaga, yoki o‘rtacha hosildorlik 5 sentnerga oshganini ta’kidladi.


Tadbirda bir guruh qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga «Qishloq xo‘jaligi fidoyisi» va «Ilg‘or fermer» ko‘krak nishonlari viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.


To‘kin va fayzli dasturxon atrofida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida elimiz suygan san’atkorlar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Raximova, ustazoda san’atkor Shohjahon Jo‘rayev, so‘z ustasi Shukrullo Isroilov hamda viloyat Madaniyat boshqarmasi san’atkorlari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi. San’atkorlar tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz va bayram shukuhini ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobga oshno yoshlar

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Bojxona boshqarmasida yosh...

Kitobxon oila — ma’naviyatli jamiyat poydevori

Qumqo‘rg‘on tumani Axborot-kutubxona markazida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining...

Iqtidorlar kashf etildi

Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jajji nurli...

Huquqiy baho berildi

Sho‘rchi tuman ichki ishlar bo‘limi binosida jinoyat ishlari bo‘yicha...
KunTun
KunTun