Bahodir Hamdamov birinchi…

Date:

Kurash o‘zbekning milliy kurash turi, xalqimizning sevimli mashg‘uloti ham deyish mumkin. Kurashning ham turlari, bu turlarning o‘z usul va tartiblari bor. Buni xalqimizning har bir vakili yaxshi biladi. Shuning uchun ham kurash musobaqalarini kuzatish, tomosha qilish maroqli. Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida kurash musobaqasi tashkil etildi.
Unda polvonlar “Belbogʻli kurash”, “Bel olish kurashi” hamda “Uch kurash” turlari boʻyicha maydonga tushib, kurashdilar. Oʻtkazilgan jahon chempionatida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati batalyoni patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi Bahodir Hamdamov ham ishtirok etdi. U 96 kilogramm vazn toifasida barcha raqiblarini mardonavor yengib, faxrli birinchi oʻrinni egalladi va jahon chempioni boʻldi.
Eslatish joizki, Bahodir Hamdamov 6 karra Oʻzbekiston chempioni, xalqaro turnir hamda gran-pri sovrindoridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qogʻozsiz bir kun”

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish...

Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi...

Muhim qaror

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan...

Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli...
KunTun
KunTun