Surxon vohasiga oid “i-tourism” platformasi ishga tushdi

Date:

Surxondaryo o‘zining tarixiy qadamjolar, hushmanzara tabiati, etnomadaniyati bilan sayyohlar e’tiborini tortib kelmoqda. Vohada turizm sohasini yanda rivoj toptirish, Surxondaryo turizm salohiyatini ko‘z-ko‘z etish va sayyohlar oqimini jalb etish maqsadida viloyatimizga oid “i-tourism” platformasi ishga tushdi.
Mazkur platforma orqali Surxon vohasining qadim tarixi va etnomadaniyati bilan bog‘liq arxeologik yodgorliklari hamda islom sivilizatsiyasi rivojiga hissa qo‘shgan muhaddis olimlari, tasavvuf allomalari, mahalliy ulamolar hayoti va faoliyati, ular nomi bilan bog‘liq me’moriy obidalar tarixi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Shuningdek, platformada tarixiy obidalarning sun’iy intellekt yordamida tiklangan ko‘rinishlari tasvirlangan videolavhalar ham joylashtirilgan bo‘lib, platforma bilan www.surxon-turizm.uz manzili orqali tanishish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU xalqaro trening mezboni

Termiz davlat universitetida “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar...

Yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Sariosiyo tumanida aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish...

“Yangihayot” yangi binoda

2026-yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb...

Yangi loyiha jadallashmoqda

Sariosiyo tumanida xorijiy qo‘shma korxona asosida tashkil etilayotgan sharbat...
KunTun
KunTun