FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI BOSHLANDI

Date:

Fan olimpiadalari yoshlarning fanlardan bilim va salohiyatini sinovdan otkazish bilan birga, g‘oliblikni qo‘lga kiritishlari orqali qo‘shimcha imtiyoz va imkoniyatlar ham beradi. Fan olimpiadalarining respublika bosqichi g‘oliblari tanlagan fanlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli ravishda o‘qishga qabul qilinadi.
Ana shundan imkoniyatni qo‘ldan boy berishni istamagan yoshlar uchun ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, tojik tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti, tarix, geografiya fanlaridan respublikamizning barcha hududlarida asosiy fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichi o‘tkazilmoqda. Termiz shahridagi 16-maktabda olimpiadaning Surxondaryo viloyat bosqichiga start berildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Tashpulatov ishtirok etib, olimpiadani ochib berdi va o‘quvchilarga omad tiladi.
Aytish joizki, olimpiadaning birinchi kunida jami 455 nafar 9-sinf o‘quvchisi ishtirok etib, belgilangan vazifalarni bajarishdi. 3 kun davom etadigan mazkur olimpiadaga vohalik jami 1 ming 377 nafar o‘quvchi ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 oylik faoliyat sarhisob qilindi

Surxondaryo viloyati sudida 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida odil sudlovni ta’minlash,...

Maktab sig‘imi 660 o‘ringa kengaydi

Ta’lim muassasalarida o‘quv o‘rinlarini ko‘paytirish va zamonaviy sharoitlarni yaratish...

Bola rivojida o‘yinning kuchi

Bolaning har tomonlama rivojlanishida o‘yin faoliyati muhim o‘rin tutadi....

Noyob ko‘rshapalak qayd etildi

Tabiatda kam uchraydigan va hali yetarlicha o‘rganilmagan jonivorlarni aniqlash...
KunTun
KunTun