Ta’lim sayohati Buyuk Britaniyada

Date:

Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari “Xorijiy tillarni o‘qitishdagi eng yaxshi maktab” tanlovining respublika bosqichiga ishtirok etib, Buyuk Britaniyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan edilar. Mana sizga til bilishning mukofoti. Ayni paytda g‘olib yoshlar ta’lim sayohati uchun Londonda bo‘lib turishibdi.
Katta taassurotlar olishni maqsad qilgan yosh sayohatchilar ko‘zlagan maqsadiga yetdilar. Ular kunning birinchi qismida Temza daryo bo‘ylab sayohat qildilar. Trafalgar maydoni, Bukingem saroyi, “Big Ben” va “Tower Bridge” kabi diqqatga sazovor joylarda bo‘lib, mahalliy aholi bilan suhbatlashishdi, bu joylar haqidagi ma’lumotlar bilan birga, tub aholining yashash tarzi, yoshlarning qiziqishlari, ta’lim-tarbiya tizimi haqida qiziqishdi.
Sayohat davomida Angliya ta’lim jarayonlari, jumladan, “Ardmor” til o‘qitish maktabi, Kembrij, Oksford universitetlari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Kembrij, London, Vinzor, Oksford shaharlarini kezish ham e’tibordan chetda qolmadi.
Mana shunday ta’lim sayohatlari yosh sayohatchilarga unutilmas xotiralarni taqdim etgan bo‘lsa, boshqa tomondan o‘quvchi-yoshlar bilim olishning, til o‘rganishning ahamiyatini, yulduzli onlar va muvaffaqiyatlar quchishni taqdim etishini anglagan holda o‘z ustilarida ishlashlariga kuch va motivatsiya bersa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum...

Mahsulotlar eksportga yo‘naltirilmoqda

Oltinsoy tumanidagi Musayev Sherqul fermer xo‘jaligida yetishtirilgan karam mahsulotlari...

Infratuzilma loyihalari kengaymoqda

Boysun tumanida Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan xalqaro...

Xalqaro tibbiyot olimpiadasi o‘tkazildi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida "Termiz–2026" I Xalqaro tibbiyot...
KunTun
KunTun