1 gektarga 1000 tup daraxt

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumi start olganidan buyon juda katta ishlar amalga oshirildi. Ko‘plab dashtliklar, qarovsiz yerlar obod bo‘lib, bog‘ga aylantirildi. Minglab, millionlab mevali va manzarali daraxtlarning ko‘chatlari ekildi. Umid qilamizki, qisqa fursatlarda ekilgan bu ko‘chatlar gurkirab yashnaydi, mevasi va soyasidan elu xalq bahramand bo‘ladi.
Boysun tumanida ham ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Yoshlar ishlari agentligi Boysun tuman bo‘limining tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Dashtig‘oz” mahallasi hududida joylashgan 1 gektar yer maydoniga 1000 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. Ushbu ko‘chat ekish ishlarida yoshlar yetakchilari va tuman yoshlari uyushqoqlik bilan faollik ko‘rsatishdi. Aytish kerakki, ko‘chat ekish ishlariga kirishganlar nafaqat millionlab daraxtlarni ekishni maqsad qilishgan, balki to‘g‘ri joyga ekish va uni parvarish qilish mas’uliyatini ham olishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalladagi issiqlik loyihasi deputatlik nazoratida

Termiz shahridagi “Abdulla Avloniy” mahallasida Investitsiya dasturi asosida qozonxona...

Tazyiq endi yopiq eshik ortida qolmaydi

Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqishning...

Luvrdagi noyob miniatyurada Movarounnahr izi

XVI asrda Movarounnahr kitobxonalarida rivojlangan o‘ziga xos bezak uslubi...

O‘zbekiston–Koreya hamkorligida yangi ufqlar

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi aloqalar endilikda nafaqat savdo...
KunTun
KunTun