Forum – muhim kelishuvlarga yo‘l ochdi

Date:

Termiz shahrida Surxondaryo (O‘zbekiston) va Shansi (Xitoy) o‘rtasidagi biznes-forum o‘tkazilib, hududlararo iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashib, qo‘shma investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Forum davomida Surxondaryoning investitsiyaviy va eksport salohiyati taqdim etilib, amaliy muzokaralar olib borildi.

Yakunda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdi. Mazkur forum hududga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun