Qadriyatlar qadr topdi

Date:

Alla tinglamagan bola, alla aytmagan ona bo‘lmasa kerak. Go‘dakligimizdan milliy ohang og‘ushida miriqib orom olamiz, ulg‘ayamiz. Hayotimiz davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, laparlar, baxshiyonalar hamrohimiz bo‘ladi. Quloqlarimiz o‘rgangan ohang bizni milliy qadriyatlarni qadrlash, insonparvarlik, vatanparvarlik ruhida ulg‘aytiradi. Beixtiyor xirgoyi qiladigan qo‘shiqlarimizda, aytishuvlarimizda xalq og‘zaki ijodining o‘lmas namunalari jarang topadi.
Sho‘rchi tumanidagi 31-umumta’lim maktabida “Xalq og‘zaki ijodi va turlari” mavzusida o‘tkazilgan tadbir ham o‘ziga xos va muhim ahamiyat kasb etdi. Asosiysi, o‘quvchi-yoshlar ota-bobolarimiz ijro etgan qo‘shiq, lapar va allalarni ijro etishdi. Milliylikka zamonaviy tus berib, barchani o‘zlariga mahliyo etishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun