Nafsiga qul bo‘lib…

Date:

Mahallalarda hokim yordamchilari lavozimi joriy etildiyu, ular aholini kambag‘allikdan qutqaruvchi, mahallada ishbilarmonlik va tadbirkorlik muhitini yaratuvchi xaloskor sifatida qarala boshlandi. Sababi, ularning vakolat doirasi ancha keng bo‘lib, aholini munosib qo‘llab-quvvatlashi, tashabbus ko‘rsatishi uchun ma’lum mablag‘ ham ixtiyorlariga berildi. Bunday imkoniyatdan qaysidir hokim yordamchilari foydalanib, haqiqatda odamlar og‘irini yengil qilgan bo‘lsa, kimlardir bu imkondan nafsi yo‘lida foydalandi. Har ikki yo‘lning oxirida yo rag‘bat, yo jazo muqarrar. Shunchaki, har kim o‘z qilmishiga, qilgan ishiga qarab, o‘ziga tegishlisi bilan “siylanishi” esa haqiqat.
Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani, «To‘da» MFY hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi U.T. tadbirkorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanib, 2022-yil 29-martda o‘zi ta’sischiligida tashkil etgan «VOLUNTEER TEAM» MCHJni 2023-yil 20-sentyabrga qadar boshqarib kelib, ta’minotchi sifatida fuqaro M.E. va boshqalarni aldab, ularning elektron imzolarini qo‘lga kiritib, ularning nomiga issiqxona faoliyati tashkil etish uchun 4 marotaba 33 million so‘mdan jami 132 million so‘m kredit ajratilishiga erishib, ushbu pullarni o‘zi rahbarlik qilayotgan jamiyat hisobiga tushirib, o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan «VOLUNTEER TEAM» MCHJ rahbari U.T.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi «b,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda. Tergov harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Oldingi sahifaEndi yanada qulay
Keyingi sahifaHar tomonlama qulaylik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun