Har tomonlama qulaylik

Date:

Muzrabot tumani Dehqon bozorida arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etilgan. Sotuvchilar marjondek terib qo‘yilgan meva va sabzavotlardan tortib, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sotishga kirishgan. Xaridorlar ham bir-bir o‘zlariga kerakli mahsulotlarning narxini so‘ragan, xarid qilishga tutingan. Savdo rastalarida sotuvga qo‘yilgan mahsulotning narxi yozib qo‘yilgan.
Xalqimizda otang bozor, onang bozor degan gap bor, narx-navosi yozilgani bilan odamlarimiz savdolashishni, bir so‘mning ustida tortishishni xush ko‘rishadi. Oldi-sotdi jarayoni qizg‘in tus olgan yarmarkadan xaridorlarning boshi osmonda. Barokatli bozor-o‘char qilishayotganidan mamnun. Ayniqsa, ushbu arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi faqat bayram kunlari emas, balki odatdagidek savdosi yo‘lga qo‘ygani aholiga har tomonlama qulaylik tug‘dirayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...

Suvdan qarzingiz yoʻqmi?

2027-yil 1-yanvardan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan qarzdor iste’molchilarning...
KunTun
KunTun