Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

Date:

Kunlar sovib, qish eshik qoqyapti. O‘tgan yilgidek anomal sovuq bo‘lsa bormi, anchayin qiyin ahvolga tushib qolishimiz hech gap emas. Shu sababdan ham kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rib, isitish tizimini sozlash, issiq kiyim-kechaklarimizni tayyorlab, kerakli oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab qo‘yish lozim. Ana shundagina qishning izg‘irini ko‘ngilga g‘ulg‘ula sola olmaydi. Xo‘sh joylarda, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarida, korxona va tashkilotlarda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Joylardagi holat bilan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, sog‘lom ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlarida bo‘ldi.
Har bir ekinning o‘z ekish mavsumi, qulay vaqti bo‘ladi. Bu ishlar o‘z vaqtida amalga oshirilsagina, hosil mo‘l bo‘ladi va o‘z muddatida yig‘ib-terib olish mumkin. Afsuski, ayni g‘alla ekish mavsumida ayrim hududlarda negadir soha mehnatkashlari sustkashlik qilib, hali-hamon yerga bug‘doy donalarini sochishgani yo‘q. Viloyat hokimi dastlab, Sho‘rchi tumani “Mustaqillik” hududida shudgor-2024 tadbirlari hamda g‘alla ekish ishlarining borishini muhokama qilar ekan, ayrim maydonlarda shudgorlash ishlari qoniqarsiz ekanini, kesakli qilib bajarilganligi, qolaversa, g‘alla ekish tadbirlari kechikayotganligini tanqid qildi.
Viloyat hokimi qay hududda bo‘lmasin, albatta, u yerdagi barcha sohalarni o‘rganishga, muammo va kamchiliklarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rishga odatlangan. Bu safar ham shunday bo‘ldi. Agrar sohalar bo‘yicha mas’ullarga kerakli topshiriq va vazifalarni yuklagandan so‘ng, tumandagi 19- va 35-sonli maktablarda bo‘lib, obodonlashtirish va tozalash ishlarining borishini kuzatdi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini tekshirdi. Ushbu maktablardagi oshxonalar ham e’tibordan chetda qolmadi. O‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishlari uchun maktab oshxonasida qanday shart-sharoit yaratilgani, belgilangan talab va me’yorlar asosida tashkil etilganligi borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Viloyat rahbari maktab o‘yingohida jismoniy tarbiya darsini o‘tayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, tumanning “Xushchekka” mahallasida “Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla” mezonlari asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham tanishildi. Sho‘rchi tumanidagi har bir manzilda mutasaddilarga kamchiliklar ko‘rsatib o‘tilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha muddatlar belgilandi. Sektor rahbarlariga maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini bir hafta muddatda sifatli qilib, yakunlash topshirildi.
Hududlarga tashrif Qumqo‘rg‘on tumanida davom etdi. Ixtisoslashtirilgan maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirib, mas’ullarga o‘quvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tizimini sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Viloyat hokimi hududlardan qaytgach, Termiz shahrida ham maktab va oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishib, mutasaddilarga kerakli vazifalarni yukladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Murojaatdan daromadga 5 qadam”

Hech kim muammosi bo‘lmasa, xalq qabuliga borib, ming bir...

Qariyalar uchun robot yaratildi

Yoshing keksayib qolganda, kimgadir muxtoj bo‘lishdan yomoni yo‘q. Tinib-tinchimas...

O‘g‘il onasini o‘ldirsa…

Ona deganda dunyodagi eng ulug‘ zor, eng yaqin va...

Viloyat hokimi Denovda

Tanimizni dard qiynasa, jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj sezsak, shifo istab,...
KunTun
KunTun