Surxondaryoda eko va ov turizmi yanada rivojlantiriladi

Date:

Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishida, qolaversa, sohalar rivojida xalqaro hamkorlikning o‘rni benihoya kattadir. Bu orqali investitsiya va tovar-xomashyo kirib keladi, servis xizmatlari ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Xalq manfaatlari birinchi o‘ringa ko‘tarilib, talab va ehtiyojlari qondiriladi. Qolaversa, bunday hamkorlik viloyatni agrar sohadan, sanoati rivojlangan hududga aylanishida muhim bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Viloyatimiz hayotidagi eng so‘nggi voqealarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, xalqaro hamkorlik masalalariga katta e’tibor qaratilayotganini ko‘rish mumkin. Rossiya Federatsiyasidagi nufuzli festival, Xitoy davlatiga yurtimiz delegatsiyasining tashrifi beiz ketmadi. Bir qator manfaatli shartnomalar imzolanib, istiqbolli rejalar tuzib olindi. Bunda, albatta, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning o‘rni va xizmati katta deyish mumkin. O‘z xizmat vazifasiga kirishgan viloyat rahbarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan ish faoliyati sabab barcha sohalar va tizimlarga e’tibor qaratilib, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlab, foydali kelishuvlarga erishishda ham jonbozlik ko‘rsatayotganini biz voha ahli ko‘rib, bilib turibmiz.


Janubiy voha nafaqat qishloq xo‘jaligi rivoj topgan hudud balki, o‘zining bir necha ming yillik tarixi, qadimiy yodgorliklari, madaniy meros obyektlari bilan, qolaversa, so‘lim tabiati, xushmanzara joylari sabab ziyorat va eko turizmni rivojlantirish, iqtisodiy o‘sishga erishib, sayyohlar oqimini jalb qilish mumkin. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda Vengriya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yojef Roja boshchiligidagi delegatsiya Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni viloyat hokimi qabul qildi.
Uchrashuvda yurtimizning savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, ta’lim va boshqa sohalariga e’tibor qaratildi. Ushbu tizimlarda Vengriya davlati bilan bo‘ladigan o‘zaro hamkorlik aloqalari tomonlar uchun foydali kechishi ta’kidlandi. Jumladan, viloyatimiz bilan ijtimoiy-iqtisodiy, savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjudligini hisobga olib, bu borada delegatsiyalar o‘zaro qator kelishuvlarga erishilganligi ta’kidlandi.


Shuningdek, Vengriya davlatining parrandachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Ularning ushbu yo‘nalishdagi boy tajribasi, malakali mutaxassislarining ko‘magi va yordami kelgusida yo‘lga qo‘yiladigan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyat garovi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi. E’tirof etish kerakki, baliqchilik bo‘yicha Surxondaryo viloyatida ham yuqori salohiyat mavjud. Vengriyaning baliq yetishtirishdagi ilg‘or tajribasini jalb qilgan holda Surxondaryoda eko va ov turizmi yanada rivojlantiriladi.
Ona tabiat bag‘ri, osmonlarga tutashgan purviqor tog‘laru sharqiroq soylarga uyushtiriladigan sayohat har bir mehmonga olam-olam taassurotlar, estetik zavq ulashsa, o‘z qo‘llari bilan baliq ovlashlari yanada maroqli mashg‘ulot deyish mumkin. Buning uchun qisqa fursatlarda viloyatimizda barcha shart-sharoitlar yaratilib, turistik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi. Ajib go‘shaning yangi qirralari kashf etilib, sayyohlar qiziqishini oshirsa, ajab emas.

S.Allayeva

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Migrantlar mahalladoshiga skuter sovg‘a qilishdi…

Azal-azaldan yurtimizda mahalla-ko‘y orasida qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘ orasida mehr-oqibat, sahiylik,...

“Bobotog‘ yoshlari festivali” o‘tkazildi

Yoshlarning har daqiqasi foydali va munosib o‘tishi kerak. Oltinga...

Kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylandi

Kambag‘allik ishsizlik, bekorchilikdan, birinchi qadamni tashlashga cho‘chishdan kelib chiqadi....

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlasak…

Bugun negadir ajrimlar, oilaviy nizolar haqida bot-bot to‘xtalamiz. Muammoning...
KunTun
KunTun