Samimiylik singgan II Plenum

Date:

Partiyalar haqida gap ketganda, “faqatgina saylovlar jarayonida g‘imirlab qolishadi, deputatlar ham xo‘jako‘rsinga ish tutadi” degan gaplar quloqqa chalinishi rost. Biroq o‘z oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga sidqidildan kirishib, muntazam ravishda aholi vakillari bilan uchrashib, g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, muammo va masalalarini mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, fuqarolarni ish bilan ta’minlash, hunarga o‘rgatish, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirib kelayotgan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamda partiyadan saylangan deputatlari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan amaliy harakatlar “quloqqa chalingan” gaplarni bir chetga surib qo‘yishga undaydi.


Joriy yilning o‘tgan davri mobaynidagi ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchliklar esa sarhisob qilib borilayotgani yanada ahamiyatli. Ayni shu maqsadda Termiz shahridagi “Yuksalish” umumilliy harakati Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi faollar zalida O‘zMTDP viloyat Kengashining navbatdagi II Plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda, Zoom platformasi orqali O‘zMTDP Markaziy kengashi devoni rahbari Akmaljon Jumabayev ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengash deputatlari, partiyaning viloyat Kengashi xodimlari va partiya faollari ishtirok etdi. Plenum kun tartibiga asosan bir nechta masala muhokama qilindi.


Dastlab, O‘zMTDP viloyat Kengashi raisi Saydulla Abduraimov “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Rasmiyatchilik va qog‘ozbozliklardan holi, samimiy va hayotiy misollar bilan boyitilgan ma’ruza yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi, desak adashmagan bo‘lamiz. Shundan so‘ng, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhining 2023-yil 9 oylik faoliyati yakunlari va partiya faoliyatining ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha rejalar toʻgʻrisida ham atroflicha ma’lumot berildi. Unda, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida deputatlik so‘rovlarini chiqarish hamda deputatlarning OAV bilan hamkorligi bo‘yicha bir qator kamchiliklar kuzatilganligi tanqid qilinib, deputatlar faollikka chaqirildi.


Shuningdek, Plenum davomida O‘zMTDP viloyat Kengashining 2023-yil uchun umumlashtirilgan smetasining 9 oylik ijrosi va boshqa masalalar ko‘rib chiqilib, muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Shuni ham a’lohida e’tirof etish kerakki, O‘zMTDP faoliyatida faolligi ko‘pam sezilmayotgan Kengash a’zosi o‘rniga, Termiz shahridagi 2-son oilaviy bolalar uyi rahbari Muhabbat Xaliqova saylandi. Quvonarlisi, Muhabbat Xaliqova 6 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni asrab olgan bo‘lib, Plenumda bolajonlardan to‘rt nafari ham ishtirok etdi. Mazkur oilaviy bolalar uyidan Partiya faollari muntazam ravishda xabar olib turishi, ular uchun ko‘rsatilayotgan ko‘makdan minnatdor ekanliklarini ham bildirishdi.
Plenum yakunida, Partiyaga xayrixoh bo‘lgan vohadoshlarimizdan bir guruhi partiya safiyaga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomasi, partiya nishoni va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yozgi taʼtil qisqaradimi?

Yurtimizda maktablarida yozgi taʼtil 1,5 oy (6 hafta) boʻlishi...

Hakamlar akademiyasi tashkil etiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qaroriga binoan futbol hakamligini yanada rivojlantirish...

“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!”

Navro‘z – tabiat va inson uyg‘unligi, yangilanish va ezgulik...

Sho‘rchida Navro‘z…

Milliy qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan Navro‘zi olam yurtimizning har...
KunTun
KunTun