Uddasidan chiqdi…

Date:

Ishtiyoq va xafsala bo‘lsa, uddasidan chiqib bo‘lmas ishni ham uddalash mumkin. Jarqo‘rg‘onlik Ra’no Norsoatova ham qo‘lida guldek hunari bo‘la turib, imkoni yo‘qligidan bir joyda to‘xtab qolmadi. Balki harakat qildi, izlandi. Uyda tikish-bichishni boshlagan tikuvchi qiz bankdan imtiyozli kredit oldi-yu, o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo, ha-deganda omad kelib, ishlar yurishib ketavermadi.
Ana shunday paytda to‘xtab qolsangiz, qolib ketaverasiz. Ra’no esa chora izlab, chiqish yo‘li qidirdi. Shukrki, topdi ham. Tuman yoshlar ishlari bo‘limiga tikuvchilik qilish uchun joy so‘rab murojaat qildi. Yoshlar yetakchisi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilib, tikuvchilik faoliyatini olib borishi uchun joy va 6 oylik ijara xarajatlari qoplab berilganidan so‘ng, Ra’noning ishlari joyiga tusha boshladi. Qarabsizki, buyurtma olib, daromad ko‘rishni boshladi. Natijada o‘zi va yonida hamjihatlikda ishlagan shogirdlarining ham qo‘li pul ko‘rib, ishlaridan mamnun, o‘zlariga esa ishonchi ortib mehnat qilishayotir

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun