DAVOMAT TADBIRLARI O‘TKAZILDI

Date:

Maktab ta’lim-tarbiya o‘chog‘i. Har bir o‘quvchining kunlik fanlarga oid bilimlarni o‘zlashtirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilishi bilan birga, o‘qituvchi-pedagoglar vaqti, bilim va salohiyatini ayamayotgani o‘quvchilar uchun oddiy holdek tuyilishi mumkin, ammo, har bir kun, o‘tayotgan vaqt g‘animat. Oltinga teng vaqt va maktabdagi imkoniyatdan foydalanishni istamayotgan yoshlar esa pul to‘lab repititorga qatnab, o‘tkazib yuborilgan fanlarni, bilimlarni o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Xolbuki, har bir yosh o‘zi va o‘z kelajagi uchun o‘qib o‘rganadi, ta’lim-tarbiya oladi. Shunga qaramay, yoshlar taqdiriga befarq bo‘lmagan Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi a’zolari Termiz shahridagi 26 ta maktabning barchasida bo‘lib, o‘quvchilarning davomati, ta’lim muassasasiga maktab formasida kelishi, darslarning sifatli va o‘z vaqtida o‘tilishi bo‘yicha nazorat ishlarini olib borishdi.
Termiz shahrining 15-umumta’lim maktabida olib borilgan davomat tadbiri davomida xato va kamchiliklar aniqlandi. Holat yuzasidan mas’ullarga o‘quvchilarning darslarda to‘liq qatnashishi, yurish-turishiga jiddiy e’tibor qaratilishi bo‘yicha tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun