Vahimaga tushmaslik uchun…

Date:

Maktabda dars qizg‘in tus olgan paytida birdaniga favqulotda holat qo‘ng‘irog‘i yangray boshlasa, barchaning diqqati bo‘linishi aniq. Shu bilan bir qatorda sergak tortib, barcha maktab binosidan tushishi va xavfsiz joylarga o‘tishi lozim. Ana shunday holatlar paytida o‘quvchilarning tayyorgarligini oshirish, vahimaga tushib qolmasliklari uchun joylarda hududning seysmik xavfsizligini ta’minlashga oid o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Sherobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan o’quvda ta’lim muassasasining o‘quvchi-yoshlari orasida zilzila binolar, yo‘llar, ko‘priklar va boshqa obyektlarga jiddiy zarar yetkazganda, shuningdek, jarohatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan hodisalarning oldini olish, zilzila paytida o‘zini himoya qilish, vahimaga qo‘ymaslik, xotirjamlikni saqlash, obyektlar tushishi mumkin bo‘lgan joylardan saqlanish, birinchi yordam ko‘rsatish borasida amaliy-o‘quv harakatlari tushuntirib o‘tildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun