Birinchi yutug‘im…

Date:

Bilim olib birinchi erishgan yutug‘ingiz haqida nima deya olasiz? Albatta, ushbu savolga har birimizning o‘z javobimiz bor. “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” festivali doirasida Sherobod tumanidagi 56-maktabda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor oʻrinbosari, maktabning xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, maktab amaliyotchi psixologi tashabbusi bilan yuqori sinf oʻquvchi-qizlari ishtirokida “Bilim olib erishgan birinchi yutug‘im” mavzusida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda maktabni tamomlagan sobiq o‘quvchi-qizlarning hayoti davomida erishgan yutuqlari va hozirgi kunda egallagan kasbi haqida tayyorlangan taqdimoti namoyish etildi. Ular o‘zlarining hayotiy tajribalari borasida ishtirokchilarga so‘zlab berishdi. Albatta, bunday hayotiy hikoya va taqdimot katta hayot ostonasida turgan yoshlarga munosib motivatsiya berishi aniq. O‘quvchi-qizlarning ruhiyatida, kelajak orzularida o‘ziga xos burilish yasaydi. Taqdimotdan so‘ng o‘quvchilar ham ana shunday orzulari haqida to‘xtalib, buning uchun faqat va faqat bilim olibgina erishish mumkinligini ta’kidladilar.

Oldingi sahifaSuratida Vatan…
Keyingi sahifaHunarli xor bo‘lmas

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun