Tajribasi bilan o‘rtoqlashdi

Date:

Tadbirkorlikka qiziqishi baland denovlik yoshlar tumandoshi “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni, “Shuhrat” medali sohibi Abdusamat Norboyevdek ishbilarmon bo‘lishni orzu qilishadi. Tadbirkor sifatida yoshlarning ideali bo‘lishga ulgurgan Abdusamat Norboyevning fikrlari, albatta, denovliklar uchun muhim. Surxondaryo viloyati hokimi tashabbusi bilan viloyatdagi faol tadbirkorlar bilan keng jamoatchilik vakillarining uchrashuvlari tashkil etilayotgani esa ayni muddao bo‘lib, Denov tumanidagi g‘alla-paxta, baliqchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan “Mehnat-Farovon hayot” fermer xo‘jaligi boshlig‘i – ko‘p tarmoqli tadbirkor Abdusamat Norboyev bilan uchrashuv uyushtirildi.


Uchrashuvda tadbirkorlik faoliyatiga qiziquvchi aholi vakillari ishtirok etdi. Semimiy kechgan muloqot davomida tadbirkor tadbirkorlikka qiziqishi baland, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan mahalla ahliga o‘z tajribalaridan kelib chiqib, kerakli yo‘nalish va tavsiyalar berdi.
Shu o‘rinda aytish kerakki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, ekin-tikinni ob-havoning injiqliklariga qaramay yetishtirib, mo‘l hosil olish oson emas. A.Norboyev esa ayni jihatlarga qaramay, bu ishning-da hadisini olgan tajribali fermerlardan. Qolaversa, baliqchilik va chorvachilikda ham muvaffaqiyatga erishgan. Ushbu faoliyat turlarini birgalikda olib borayotgan tadbirkorning hayotiy tajribasi yoshlar uchun qiziqarli bo‘ldi va hech narsaga osonlik bilan erishib bo‘masligi, mehnat, harakat, izlanish insonni toblashini bilib oldilar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun