“Vochax”da ilk bor…

Date:

Butun dunyoda global rivojlanish kechayotgan bir paytda qaysidir hududda hali-hamon elektr energiyasi yetib bormagan deyishsa, ishonmasligingiz aniq. Afsuski, bu haqiqat. Yaxshiyamki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, senator Abdugʻani Sanginov joriy yilning 2-aprel kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bo‘lib, tuman faollari va fuqarolari bilan uchrashdi.
Ayni shu uchrashuv sabab tuman markazidan 70 kilometr uzoqlikda boʻlgan, tumanning faqatgina havo orqali hamda maxsus transport vositalari orqali borish mumkin boʻlgan, dengiz sathidan 1000 metr balandda joylashgan, ayni paytda 21 ta xonadon 120 nafar aholi istiqomat qilayotgan Vochax deb nomlanuvchi qishlogʻi elektr energiyasi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Senator tashabbusi bilan qishloq aholisiga elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun 100 dona maxsus temirdan qilingan ustun va elektr tarmogʻi uchun 18000 metr AS-25 sim hamda 1 dona 160kVa transformator punkti ajratildi. Ayni paytda togʻda ishlaydigan maxsus texnikalar va mutaxassislar yordamida ishlar boshlab yuborilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun